26
Qirg‘izistonda buyrak ko‘chirib o‘tkazish operasiyalari bepul bo‘ladi
Qirg‘izistonda buyrak transplantasiyasi operasiyalari bepul amalga oshiriladi. Buni Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov “Kabar” axborot agentligiga bergan intervyusida tasdiqladi.
Qirg‘iziston rahbarining so‘zlariga ko‘ra, hozirda Qirg‘izistonda 2,5 mingdan ortiq fuqaro gemodializ olmoqda, ulardan 50 nafari donor topgan, to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va transplantasiyaga tayyorlanmoqda.
- Birinchi bunday operasiya muvaffaqiyatli o‘tdi. Ikkita tibbiy brigada har kuni 2-3 operasiyani bajarishi mumkin. Xudo xoxlasa, bundan buyon o‘zimiz operasiya qilamiz. Gemodializga o‘tayotgan bemorlarga 7-8 ming dollar turadigan buyrak ko‘chirib o‘tkazish xarajatlari davlat tomonidan to‘lanadi», - dedi u.
Sadir Japarovning qayd etishicha, bu bilan davlat ikkita imtiyoz oladi. Birinchisi, Qirg‘iziston fuqarolariga yordam. Ikkinchisi - xarajatlarni tejash.
– Gemodializ olayotgan har bir bemorga davlat har yili 14-15 ming dollar sarflaydi. Har yili 2,5 ming aholiga 3 milliard somdan ortiq mablag‘ ajratilmoqda. Donor topgan bemorlarni o‘zimiz operasiya qilsak, xarajatlarni kamaytirishimiz mumkin bo‘ladi. Bemorning o‘zi donor topadi, asosiysi, genetik o‘xshashlik bo‘lishi kerak.
Har yili gemodializ olayotgan bir bemorga sarflanadigan mablag‘ning yarmini operasiya qilib, qolganini tejab, kelasi yil xarajatlarini to‘liq qisqartirish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Zero, bemor gemodializ olishni to‘xtatsa, davlat xarajatlari ham qisqaradi», - dedi Davlat rahbari.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring