G‘azo sektorida 17 mingga yaqin bola boquvchisiz yoki oilasidan ajralgan holda qolmoqda. Bu haqda YUNISEFning Falastin bilan aloqalar bo‘yicha direktori Jonatan Kriks 2 fevral kuni Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda aytib o‘tdi.
Uning ta’kidlashicha, har bir bolaning o‘z hikoyasi bor.
Kriks o‘tgan hafta G‘azo sektoriga qilgan tashrifini eslab, oilalar oziq-ovqat, suv yoki boshpana yetishmasligi tufayli og‘ir ahvolda qolganini ta’kidladi.
“Oilalar va bolalar asosiy ehtiyojlarni qondirishda qiynalmoqda”, – degan u.
Direktorning so‘zlariga ko‘ra, G‘azodagi voqealar bolalarning ruhiy salomatligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan.
“Dekabr oyida biz anklavdagi 500 ming bola psixologik yordamga muhtojligini aytgandik. Hozir anklavdagi barcha bolalar kuchli travmalarni boshdan kechirmoqda. Bu holat bolalarda har safar bomba ovozini eshitganlarida haddan tashqari tashvish, ishtaha yo‘qolishi, uxlay olmaslik, emosional zo‘riqish yoki vahima kabi alomatlarni boshdan kechirishiga sabab bo‘ladi”, – dedi Jonatan Kriks.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring