21
O‘zbekistonning sobiq bosh vazir o‘rinbosari Valeriy Atayev 75 yoshida Moskvada vafot etdi
Bu haqda «TASS» xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Atayev tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan, biroq polisiya tomonidan belgilangan tartibda tekshiruv ishlari olib borilmoqda. «O‘zbekiston bosh vazirining sobiq o‘rinbosari Valeriy Atayev Leninskiy prospektidagi kvartirasida vafot etdi. U 75 yoshda edi», — deydi «TASS» suhbatdoshi. Valeriy Atayev 1990 yillarda O‘zbekiston energetika vaziri bo‘lgan, keyin bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlangan. 2009 yilda u Moskvaga jo‘nab ketgan, chunki O‘zbekistonda unga qarshi o‘g‘rilik va mansab vakolatini suiiste’mol qilish moddalari bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.
U qidiruvga berilgan va 2015 yilda O‘zbekiston tomonining iltimosiga ko‘ra huquq-tartibot idoralari xodimlari uni Moskvada qo‘lga olgan, ammo o‘sha paytda Atayev allaqachon Rossiya fuqarosi bo‘lgan, shu bois Rossiya uni O‘zbekistonga ekstradisiya qilmagan.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring