19
Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili AQShni Yaqin Sharqdagi ziddiyatlarni kuchaytirayotganlikda aybladi
Qo‘shma Shtatlar mintaqadagi muammolarga haqiqiy yechim izlash o‘rniga «yong‘inni benzin bilan o‘chirish» va Yaqin Sharqdagi qarama-qarshiliklarni kuchaytirishga intilmoqda.
Bu haqda Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya AQShning Iroq va Suriyaga bergan zarbalari munosabati bilan BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida aytib o‘tdi.
«So‘nggi voqealar tasdiqlaydi: Qo‘shma Shtatlar mintaqadagi muammolarga haqiqatan ham yechim izlamagan va hech qachon qidirmagan. Ularning xatti-harakatlari mantig‘ini faqat har qanday holatda ham dunyoda hukmron mavqeini saqlab qolish istagidan izlash kerak», — deya diplomatning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Rossiya davlat OAVlari.
Shu bois, Nebenzyaning fikricha, Vashington «yong‘inni benzin bilan o‘chirishga» va Yaqin Sharqdagi surunkali qarama-qarshiliklarni kuchaytirishga, o‘zining Isroil ittifoqchisiga foyda keltiradigan darajada intildi va harakat qiladi.
Rossiya Federasiyasining doimiy vakilining fikricha, «Amerika isteblişmentining ehtiyotkorligi va uning mintaqa mamlakatlari manfaatlarini hisobga olishga tayyorligi» ga ishonishdan ma’no yo‘q.
«2 va 3 fevral kunlari biz buni yana bir bor tekshira oldik. Ko‘rinib turibdiki, Amerika havo hujumlari mojaroni yanada kuchaytirish uchun mo‘ljallangan», — dedi u.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring