+14° Kechasi +6°
Andijon (Bugun, 26 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 814.78 so'm (-14.29 so'mga)
123.50 so'm (-1.41 so'mga)
13 442.70 so'm (+97.9 so'mga)
06-02-2024, 13:06
28

Xitoyda 28 million dollar pora olgan bank rahbari o‘limga hukm qilindi

China Merchant Bankning sobiq prezidenti Tian Xueyu Xitoyda o‘lim jazosiga hukm qilindi. Bu haqida Bloomberg Xitoy markaziy televideniyesiga tayanib xabar bermoqda. Unda aytilishicha, bunday og‘ir jazoga sobiq bankirning poraxo‘rlik qilgani hamda taqiqlangan ma’lumotlarni sotgani sabab bo‘lgan.

Xabarga ko‘ra, Tian Xueyu yuqori lavozimlarni egallab turgan vaqtida jismoniy shaxslar va kompaniyalar uchun kreditlar va loyihalarni muvofiqlashtirish, martaba ko‘tarish va boshqa xizmatlar evaziga katta miqdorda pora olgan. Bu esa «XXR milliy manfaatlariga zarar yetkazish» deya baholanmoqda. Sobiq bankirning o‘zi ham 2023 yil noyabrida bo‘lib o‘tgan navbatdagi sud majlisida jami 210 million yuandan (28,8 million dollar) ortiq pora olganini tan olgan.

Xitoyda mazkur holat birinchisi emas. Bundan oldin ham bir qancha mansabdorlar korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonida hibsga olinib, qatl etilgan.






Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта