17
Rossiya va BAA prezidentlari G‘azo sektoridagi vaziyatni muhokama qildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayyan bilan telefon orqali suhbatda G‘azo sektoridagi vaziyatni muhokama qildi.
Kreml saroyiga ko‘ra, Putin va Al Nahayyan o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tgan.
Suhbat chog‘ida G‘azo sektoridagi vaziyat, G‘azoga qo‘shimcha gumanitar yordam ko‘rsatish bo‘yicha choralar ko‘rib chiqildi hamda Rossiya va BAAning «zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish zarurati va uzoq muddatli kelishuvga erishish uchun siyosiy jarayonni qayta boshlash haqidagi pozisiyalari muhokama qilindi. Falastin muammosini xalqaro huquq asosida muddatli va adolatli hal etish» tasdiqlandi.
Uchrashuvda tomonlar Ukrainadagi vaziyatni, jumladan Belgorod viloyatida Ukraina armiyasi tomonidan urib tushirilgan, bortida 74 kishi, jumladan, 65 ukrainalik asir bo‘lgan Rossiyaning Il-76 samolyoti masalasini ham ko‘rib chiqdilar. Putinning aytishicha, Rossiya voqea yuzasidan xalqaro tergov o‘tkazilishini ma’qullaydi.
Putin Al Nahayyanga BAAning Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi harbiy asirlarni almashishdagi vositachilik roli uchun minnatdorchilik bildirdi.
Uchrashuvda liderlar Rossiya va BAA o‘rtasidagi munosabatlarni muhokama qildi va turli darajadagi aloqalarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring