+14° Kechasi +6°
Andijon (Bugun, 26 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 814.78 so'm (-14.29 so'mga)
123.50 so'm (-1.41 so'mga)
13 442.70 so'm (+97.9 so'mga)
06-02-2024, 11:52
19

1-martdan Rossiyada VPN xizmatlarini reklama qilish taqiqlanadi

Joriy yilning 1-martidan Rossiyada VPN xizmatlarini reklama qilish va ommalashtirishga taqiq kuchga kiradi. Bu haqda “TACC” agentligi “Roskomnadzor"ga tayanib xabar berdi.

2020-yil fevral oyidan boshlab mamlakatda noqonuniy kontentga kirishni blokirovka qilishni chetlab o‘tish vositalaridan foydalanish taqiqlangan.

“Joriy yilning 1-martidan boshlab bunday vositalarni ommalashtiradigan materiallarga kirishni cheklovchi qoida joriy etiladi”, dedi “Roskomnadzor”.

O‘tgan yilning sentyabrida “Roskomnadzor” bloklashni chetlab o‘tish haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan saytlarga, shuningdek, tegishli dasturlarni reklama qiluvchi saytlarga kirishni cheklashni boshlashi xabar qilingan edi. Bloklash mezonlari normativ-huquqiy hujjatlar portalida e’lon qilingan buyruq loyihasida keltirilgan. Bunga odamlarni blokirovkani chetlab o‘tish usullaridan foydalanish jozibadorligiga ishontirishga qaratilgan ma’lumotlarning mavjudligi, shuningdek, ularni blokirovkani chetlab o‘tishga undash kiradi.




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта