Xitoyda yangi magnit yostiqchali vakuumli poyezd sinovdan o‘tkazildi.
U mazkur turdagi transport vositalari tarixda eng yuqori tezlikka erishdi – soatiga 623 kilometrdan yuqori.
Hozirda mavjud bo‘lgan eng uzun past vakuumli quvurning ikki kilometrlik sinov qismi Shansi provinsiyasida qurilgan. Uning bosimi 0,3 dan 0,001 bargacha bo‘lib, dengiz sathida normal atmosfera bosimi taxminan 1 barni tashkil qiladi.
Loyihaning ikkinchi bosqichi yo‘nalishni 30 marta – 60 kilometrgacha kengaytirishni nazarda tutadi. Unda poyezd soatiga 1000 kilometr tezlikka erisha oladi. Nazariy jihatdan, agar shunday avtomagistral Pekinni Datun (346 kilometr) bilan bog‘lasa, u holda sayohat vaqti hozirgi 4,5 soatdan 30 daqiqagacha qisqaradi.
Biroq, mustaqil ekspertlar vakuumli poyezdlar tarmoqlarini yaratish bo‘yicha loyihalar muvaffaqiyatli bo‘lishiga shubha qilmoqda. Ular nihoyatda qimmat va doimiy ishlaydigan vakuum nasoslari bilan yuzlab, hatto minglab kilometr mukammal germetik quvurlarni qurishni talab qiladi, deb xabar beradi mir24.tv.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring