23
HAMASning barcha talablarini qabul qilmaymiz — Binyamin Netanyahu
Isroil bosh vaziri HAMASning asirlar va garovga olinganlarni almashish uchun o‘t ochishni to‘xtatish va Isroil qo‘shinlarini G‘azo sektoridan olib chiqib ketish haqidagi talablarini qabul qilmasligini aytdi.
Netanyahuning so‘zlariga ko‘ra, Isroil tomoni avvalgi kelishuvdagiga o‘xshab qisqa muddatli o‘t ochishni to‘xtatishga rozi.
Avvalroq HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya G‘azo sektoridagi jangovar harakatlarni to‘liq to‘xtatish va Isroil qo‘shinlarini anklavdan olib chiqib ketishga chaqirgan edi. Haniya, shuningdek, G‘azo sektorini tiklash va Isroil qamoqxonalaridagi falastinlik mahbuslarni almashtirish bo‘yicha "jiddiy" kelishuv tuzish zarurligi haqida gapirdi.
Qatar TIV vakili juma kuni HAMAS G‘azo sektorida Isroil bilan sulh tuzishga, garovga olinganlar va asirlarni almashishga rozilik berganini xabar qilgandi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring