+14° Kechasi +6°
Andijon (Bugun, 26 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 814.78 so'm (-14.29 so'mga)
123.50 so'm (-1.41 so'mga)
13 442.70 so'm (+97.9 so'mga)
06-02-2024, 10:19
19

Turkmanistonda dengiz kemalari qurilishi boshlandi

«Bolqon» kemasozlik zavodi Turkmanistonda birinchi marta dengiz kemalarini ishlab chiqarishni boshladi. Birinchi quruq yuk tashuvchi kemasini 14 oy ichida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan, deb xabar qildi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Transport va kommunikasiyalar agentligi.

Birinchi kema ishga tushirilgandan so‘ng kompaniya yana ikkita quruq yuk kemasini yaratishni yakunlamoqchi: birinchisi – ikki oydan keyin, ikkinchisi – to‘rt oydan keyin. Korxonaning quvvati yiliga to‘rtta kema qurish va yana 20 ta kemani ta’mirlashga mo‘ljallangan.

Mamlakat rasmiylariga ko‘ra, Turkmanboshi va Boku portlari o‘rtasida qo‘shimcha konteyner tashishni yo‘lga qo‘yish uchun kamida yigirmata yangi quruq yuk kemalari zarur. Ularni ishlab chiqarish «Bolqon» kemasozlik zavodida amalga oshiriladi. U yerda paromlar ham barpo etiladi.

Turkmaniston hukumati port qurilishiga $1,5 mlrd sarmoya kiritgan.




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта