+14° Kechasi +6°
Andijon (Bugun, 26 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 814.78 so'm (-14.29 so'mga)
123.50 so'm (-1.41 so'mga)
13 442.70 so'm (+97.9 so'mga)
06-02-2024, 10:05
19

MSK Ozarbayjonda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida kuzatuvchilar sonini e’lon qildi

Ozarbayjonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovini kuzatish uchun 90 mingdan ortiq kuzatuvchi ro‘yxatga olingan. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi raisi Mazohir Panohov Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha yordamchisi Yosef Aldobea bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deb xabar beradi Kazinform muxbiri.

— Har bir saylov uchastkasida 13-14 nafardan kuzatuvchi bor. Bizda 6 milliondan ortiq saylovchi bor. Ular 6537 ta saylov uchastkasida ovoz beradi. Barcha hududlar zarur jihozlar bilan jihozlangan. Saylovchilarning bemalol ovoz berishlari uchun barcha shart-sharoit yaratib berilgan, – dedi u.

Eslatib o‘tamiz, saylovni kuzatishda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo barcha davlatlarning vakillari, MDH Parlamentlararo Assambleyasi va Shanxay hamkorlik tashkiloti, YEXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining xalqaro kuzatuvchilari ishtirok etadi. Ovoz berish jarayonini Turkiya, Rossiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya va boshqa davlatlardan 63 xalqaro media tashkiloti kuzatib boradi.

7 fevral kuni navbatdan tashqari prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tadi va unda yetti nafar nomzod ishtirok etadi. Davlat rahbari lavozimiga nomzodlarni ro‘yxatga olish jarayoni 9 yanvar kuni, ularning saylovoldi tashviqoti 6 fevral kuni yakunlandi.

Ozarbayjonda prezidentlik saylovi har 7 yilda bir marta o‘tkaziladi. Oxirgi marta 2018 yilning 11 aprelida bo‘lib o‘tgan. 2023 yil 7 dekabrda mamlakatda muddatidan oldin prezidentlik saylovi o‘tkazilishi e’lon qilindi. Tegishli farmon prezident Ilhom Aliyev tomonidan imzolandi.


Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта