18
Qutqaruvchilar Kareliyada halokatga uchragan Mi-8 samolyoti ekipajining jasadini topdi
Qutqaruvchilar Kareliyadagi Onejskoye ko‘li tubidan bir kun avval o‘quv mashg‘ulotlari chog‘ida halokatga uchragan Rossiya Mudofaa vazirligining Mi-8 vertolyoti ekipaj a’zolaridan birining jasadini topdi, deb xabar beradi Rossiyaning TASS agentligi.
“Moskva vaqti bilan soat 21:16 da g‘avvoslar halok bo‘lgan ekipajdan bittasini suvdan chiqarib olishdi. U vertolyot ichidan topildi”, — deyiladi “Vkontakte” ijtimoiy tarmog‘idagi xabarda.
Yana ikki ekipaj a’zosi hali topilmadi. G‘avvoslar Moskva vaqti bilan soat 00:00gacha ishlashda davom etadi, shundan so‘ng ular masofadan boshqariladigan robot yordamida ko‘l tubini tekshiradi.
Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi Shimoli-G‘arbiy aviasiya-qutqaruv markazining Mi-8 vertolyoti 4 fevral kuni Kareliyadagi Onejskoye ko‘li ustida o‘quv parvozini amalga oshirayotganda ekipajning uch a’zosi bilan aloqani uzilganini ma’lum qildi. Vertolyotning qoldiqlari qirg‘oqdan 11 km uzoqlikda, uning qismlari esa 40-50 m chuqurlikdagi ko‘l tubidan topilgan.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring