17
Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoni mudofaa sohasida hamkorlik qiladi
4-fevral kuni Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoni mudofaa sohasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
“Seul mintaqada qurol-yarog‘ sotishni davom ettirishni rejalashtirmoqda”, deyiladi xabarda.
Ushbu kelishuv mudofaa sohasida hamkorlikni davom ettirish uchun qurol tizimlarini tadqiq qilish va ishlab chiqish, shuningdek ishlab chiqarish bo‘yicha ishchi guruh tuzish uchun qo‘shma qo‘mita tashkil etishdan iborat.
Yaqin Sharqqa bir haftalik safari doirasida Ar-Riyodga Butunjahon mudofaa ko‘rgazmasi uchun tashrif buyurgan mudofaa vaziri Shin Von-Sik va uning Saudiya Arabistoni hamkasbi Xolid bin Salmon Ol Saud kelishuvni imzolashda ishtirok etgan.
Qayd etilishicha, Janubiy Koreya boshqa global qurol eksportchilarining kuchli raqobatiga qaramay, dunyodagi eng yirik qurol yetkazib beruvchilardan biriga aylanish uchun savdo hajmini oshirishga intilmoqda.
Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatning qurol savdosi 2022-yilda o‘tgan yilgi 7,25 milliard dollardan 17 milliard dollarga oshgan.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring