+14° Kechasi +6°
Andijon (Bugun, 26 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 814.78 so'm (-14.29 so'mga)
123.50 so'm (-1.41 so'mga)
13 442.70 so'm (+97.9 so'mga)
06-02-2024, 04:15
18

NATO Ukrainaga barcha o‘q-dorilarini bermaydi — Estoniya doimiy vakili

NATO davlatlari Ukrainaga o‘zlarining barcha o‘q-dori zaxiralarini berishmaydi, chunki bunday zaxiralarning mavjudligi alyansning mudofaa rejalarida ko‘zda tutilgan. Bu haqda dushanba kuni Estoniyaning tashkilotdagi doimiy vakili Yuri Luyk ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.

“Hech qanday holatda ham o‘z zaxiralarimiz to‘liq tarqatilmaydi. NATO mudofaa rejalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lum standartlarga ega. Har qanday holatda ham NATO davlatlari bu zaxiralarni o‘z omborlarida saqlashi kerak, ularni berib bo‘lmaydi”, — dedi Luyk.

Uning so‘zlariga ko‘ra, NATO davlatlari hozirda o‘z zaxiralarini to‘ldirish uchun uchinchi davlatlardan o‘q-dorilar xarid qilmoqda.

“Yirik o‘q-dori ishlab chiqaruvchilar, masalan, Janubiy Koreya, hatto Janubiy Afrika ham, ammo bu davlatlar o‘z o‘q-dorilarini Ukrainaga o‘tkazishga ruxsat bermaydi. Shuning uchun bu o‘q-dorilarni Yevropa Ittifoqi davlatlari o‘z zaxiralarini to‘ldirish uchun ishlatishi mumkin va Yevropada ishlab chiqarilgan o‘q-dorilar Ukrainaga o‘tkaziladi”, — deya tushuntirdi Luyk.




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта