+13° Kechasi +9°
Andijon (Bugun, 22 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 844.21 so'm (-11.72 so'mga)
127.35 so'm (-0.81 so'mga)
13 508.26 so'm (-62.46 so'mga)
20-01-2024, 00:15
41

Qozog‘iston yagona vaqt mintaqasiga o‘tadi

Qozog‘iston 2024 yil 1 martdan boshlab UTC+5 yagona vaqt mintaqasiga o‘tadi, deb xabar beradi mamlakat Savdo va integrasiya vazirligi matbuot xizmati.

«Qozog‘istonda yagona vaqt mintaqasini belgilovchi o‘zgartirishlar hukumatning “Qozog‘iston Respublikasi hududida vaqtni hisoblash tartibi to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan, - deyiladi xabarda.

Qarorga ko‘ra, tegishli vaqtda Ostona, Olmaota, Chimkent shaharlari, Aqmola, Olmaota, Jambil, Qoraganda, Kostanay, Pavlodarsk, Shimoliy Qozog‘iston, Turkiston, Sharqiy Qozog‘iston, Abay, Yettisuv va Ulitog‘ viloyatlari hokimiyatlari mahalliy vaqtni bir soat orqaga surishlari lozim.

Ayni paytda Qozog‘istonda UTC+5 va UTC+6 nomli ikkita vaqt mintaqasi qo‘llaniladi. Mamlakatning g‘arbiy hududlaridan tashqari, aksariyat qismi UTC+6 zonasida joylashgan.

Olimlarning fikricha, UTC+6 vaqt mintaqasi tabiiy quyosh vaqtiga mos kelmaydi, bu esa, inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, ekspertlar ham yagona vaqt mintaqasining o‘rnatilishi respublikaning turli hududlari aholisi o‘rtasidagi vaqt to‘siqlarini bartaraf etadi, transport va boshqa kommunikasiyalar ishining muvofiqlashuvini yaxshilaydi, bu esa biznes yuritish, davlat organlari va favqulodda vaziyatlar xizmatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, deb ta’kidlamoqda.

Top.Mail.Ru Анализ сайта