23
Xitoy butun dunyodan kelgan iste’dodlarni quchoq ochib kutib oladi
Xitoy bosh vaziri siyosatni optimallashtirib, kadrlar almashinuvini soddalashtirishini aytdi va xorijiy ekspertlarni Xitoy taraqqiyotida chuqurroq ishtirok etishga chaqirdi.
Bu haqda Xitoy Bosh vaziri Li Syan Pekinda bo‘lib o‘tgan forumda ishtirok etar ekan, xorijlik ekspertlar bilan uchrashib, ularning Xitoy taraqqiyoti va hukumat faoliyati bo‘yicha fikr va takliflarini tinglaganida aytdi.
Li Syanning so‘zlariga ko‘ra, xorijiy mutaxassislar Xitoyning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga ko‘maklashish, Xitoy va xorijiy davlatlar o‘rtasidagi almashinuv va hamkorlikni rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.
“Xitoyning rivojlanishi ochiq rivojlanishdir va u butun dunyodan kelgan iste’dodlarni quchoq ochib kutib oladi. Umid qilamizki, xorijlik mutaxassislar Xitoy taraqqiyotida yanada chuqurroq ishtirok etadilar va Xitoy uslubidagi modernizasiyaning katta sahnasida o‘z iste’dodlarini to‘liq namoyon etadilar”, — dedi Li Syan.
Li Syan, shuningdek, Xitoyda siyosatni omtimallashtirib, intellektual mulk huquqlari va boshqa huquqlarni himoya qilishni kuchaytirish, butun dunyo bo‘ylab iste’dodlar uchun Xitoyda ishlash va yashash bo‘yicha yaxshi sharoit yaratishini aytdi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring