+16° Kechasi +6°
Andijon (Bugun, 26 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 814.78 so'm (-14.29 so'mga)
123.50 so'm (-1.41 so'mga)
13 442.70 so'm (+97.9 so'mga)
05-02-2024, 15:49
27

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi: Mi-8 vertolyoti Kareliyadagi Onega ko‘liga qulab tushdi

4 fevral kuni kechqurun aloqani to‘xtatgan Mi-8 vertolyoti halokatga uchradi, uning bo‘laklari Onega ko‘lida 50 m chuqurlikdan topildi.Bu haqda 5 fevral, dushanba kuni Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi o‘zining telegram-kanalida ma’lum qildi.

«Kareliyada Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining qorda yuruvchi va havo kemalarida qutqaruvchilari Derevyannoye qishlog‘i yaqinidagi suv hududini ko‘zdan kechirishdi. Vertolyotning qoldiqlari qirg‘oqdan 11 kilometr uzoqlikda, 50 metrgacha chuqurlikda topildi», — deyiladi xabarda.

Departamentning ta’kidlashicha, voqeani o‘rganish bo‘yicha tezkor shtab va komissiya tuzilgan.

Ishga 140 dan ortiq mutaxassis va 33 ta texnika, shuningdek, Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining «Lider» maxsus xavfli-qutqaruv operasiyalari markazining g‘avvoslari 60 metrgacha suvga sho‘ng‘in qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan, deyiladi nashr.

Suv ostidagi ishlar Falcon masofadan boshqariladigan suv osti apparati (300 metrgacha cho‘kish chuqurligi) yordamida amalga oshiriladi, deb ta’kidladi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

«Vertolyotni minglab soat parvoz qilgan tajribali ekipaj boshqargan. Mutaxassislar Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligidagi faoliyati davomida odamlarni qidirish va qutqarish ishlariga bir necha bor jalb qilingan», — deyiladi nashrda.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта