30
Zelenskiy Zalujniyni lavozimidan bo‘shatish haqida o‘ylayotganini tasdiqladi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ilk bor mamlakat Qurolli kuchlari Oliy Bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniyni lavozimidan bo‘shatish haqida o‘ylayotganini tasdiqladi
Bu haqda u Italiyaning RAI telekanaliga bergan intervyusida gapirdi.
"Zalujniy? Bizga nafaqat harbiylarni, balki rahbariyatni ham qayta tuzish, o‘zgartirish kerak. Bu Ukrainani boshqarishi kerak bo‘lgan odamlarni tashvishga soladigan savol. Yangidan boshlash albatta kerak”, — dedi Zelanskiy bosh qo‘mondonning iste’foga chiqishi haqidagi mish-mishlarga izoh berish so‘ralganda.
"Men bu haqda gapirganda, faqat bir sektorda, masalan, harbiy sohada emas, balki butun hukumat rahbarlarining rotasiyasini nazarda tutyapman. Shuning uchun qaytadan boshlash, almashtirish haqida gapiryapman, men jiddiy narsani nazarda tutyapman. Bu bir nechta shaxsga va yo‘nalishga tegishli", — deya qo‘shimcha qildi Ukraina prezidenti.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring