+29° Kechasi +18°
Andijon (Bugun, 30 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 948.10 so'm (-9.04 so'mga)
156.93 so'm (+0.37 so'mga)
14 696.09 so'm (-6.38 so'mga)
05-02-2024, 11:03
35

Chilidagi yong‘in qurbonlari soni 100 ga yaqinlashdi

Chilining Valparaiso hududidagi o‘rmon yong‘inlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 99 kishiga yetdi.Bu haqda yakshanba kuni sud-tibbiyot ekspertlari xizmati ma’lum qildi, deb xabar beradi Kazinform agentligi TASSga tayanib.

- Hozirgi kunga qadar 99 kishining jasadi qabul qilindi, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Chili prezidenti Gabriel Borich 64 kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edi. U fojia qurbonlari soni ortib borishini tan oldi. Mamlakatda ikki kunlik motam e’lon qilindi.

2 fevral kuni prezident Valparaisoda yong‘inlar sababli favqulodda holat e’lon qildi. Shuningdek, o‘t o‘chiruvchilarning erkin harakatlanishini ta’minlash maqsadida hududda soat 08:00 dan 12:00 gacha komendantlik soati joriy etildi. Rasmiylarga ko‘ra, alanga 40 ming gektardan ortiq maydonni qamrab olgan.




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта