+16° Kechasi +6°
Andijon (Bugun, 26 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 814.78 so'm (-14.29 so'mga)
123.50 so'm (-1.41 so'mga)
13 442.70 so'm (+97.9 so'mga)
05-02-2024, 10:41
28

AQSh NATO haqida kutilmagan bayonot berdi

Donald Trampning Oq uyga qaytishi istiqboli NATO a’zolari o‘rtasida bundan keyin alyans omon qolishi mumkinmi yoki yo‘qmi, degan muhokamalarni jonlantirdi. Bu haqda The New York Times nashri ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.

“Bu fikrlashda hayratlanarli inqilob. Bir yil oldin NATOda yangilangan maqsad va birlik hissi hukmron edi, ko‘pchilik Putin o‘z hayoti uchun qochib ketishini ishonch bilan bashorat qilgan edi, — deyiladi maqolada.

Biroq hozir, masalan, nemis rasmiylari yangi beqaror va murakkab dunyo paydo bo‘lishi mumkinligini muhokama qilmoqda, deya ta’kidlaydi nashr. Ba’zi Yevropa davlatlari kelajakda Trampning roziligini qozonish uchun Vashingtondan qurol sotib olishni ko‘paytirishga ham tayyor, deb yozadi nashr.

Tramp avvalroq alyans ishidan noroziligini bildirgan va yevropalik hamkorlar o‘z xavfsizligi uchun kattaroq moliyaviy javobgarlikni o‘z zimmasiga olmasa, Qo‘shma Shtatlarni tashkilot tarkibidan chiqishi bilan tahdid qilgan edi.




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта