+19° Kechasi +11°
Andijon (Bugun, 20 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 964.43 so'm (-30.16 so'mga)
158.28 so'm (+0.6 so'mga)
14 744.45 so'm (-17.4 so'mga)
19-01-2024, 21:58
53

Falastin prezidentining matbuot kotibi Binyamin Netanyaxuning bayonotiga javob qaytardi

Falastin prezidenti matbuot kotibi Nabil Abu Radin poytaxti Sharqiy Quddus bo‘lgan mustaqil Falastin davlati yaratilmasdan turib mintaqada xavfsizlik va barqarorlik bo‘lmasligini aytdi, deb xabar beradi Anadolu.

Falastinning rasmiy axborot agentligi WAFA xabariga ko‘ra, Abu Radin Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Falastin davlati tashkil etilishiga qarshi chiqqanidan keyin shunday bayonot bergan.

- Poytaxti Sharqiy Quddus bilan 1967 yil chegaralarida mustaqil Falastin davlati tuzilmaguncha mintaqada xavfsizlik va barqarorlik bo‘lmaydi. Butun mintaqa vulqon yoqasida. Netanyaxuning Falastin davlatini yaratishni rad etuvchi bayonotlari bu hukumat butun mintaqani tubsizlikka surib qo‘yish niyatida ekanligini tasdiqlaydi, - dedi matbuot kotibi.





Top.Mail.Ru Анализ сайта