19
AQSh Yaqin Sharqdagi nishonlarga yangi zarbalar berishini e’lon qildi
Qo‘shma Shtatlarning Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivanning aytishicha, mamlakat Yaqin Sharqdagi "Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan" guruhlarga zarba berishda davom etadi.
Sallivan AQSh tomonidan Eronning xalqaro tan olingan hududiga zarba berishni istisno etmadi. "Men shuni ayta olamanki, prezident bizning xalqimizga qilingan hujumlarga qat’iy javob berish niyatida. Shunga qaramay, Prezident Yaqin Sharqdagi urushni kengaytirishga intilmayapti", —deya ta’kidladi Sallivan NBC telekanaliga bergan intervyusida.
Yanvar oyi oxirida Iordaniya-Suriya chegarasidagi AQSh bazasiga dronlar tomonidan berilgan zarbadan so‘ng Qo‘shma Shtatlarning uch nafar askari halok bo‘lgan edi.
Shuningdek, BMT Xavfsizlik kengashi AQShning Suriya va Iroqdagi Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan guruhlarga havo hujumlari uyushtirgani munosabati bilan Rossiya iltimosiga ko‘ra, 5 fevral kuni Nyu-Yorkda favqulodda yig‘ilish o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi, deb yozadi AFP diplomatik doiralarga tayanib.
Nashrning yozishicha, Rossiya "tinchlik va xavfsizlikka tahdid tufayli" favqulodda yig‘ilish o‘tkazishni talab qilgan.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring