+31° Kechasi +18°
Andijon (Bugun, 30 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 948.10 so'm (-9.04 so'mga)
156.93 so'm (+0.37 so'mga)
14 696.09 so'm (-6.38 so'mga)
04-02-2024, 22:14
34

Namibiya prezidenti 82 yoshida vafot etdi

Namibiya prezidenti Xage Geyngob 4 fevral kuni 82 yoshida kasalxonada vafot etdi. Bu haqda vise-prezident Nangolo Mbumba xabar berdi.

“Bugun, 4 fevral, yakshanba kuni taxminan soat 00:04 larda Lady Pohamba kasalxonasida davolanayotgan Namibiya Respublikasi prezidenti, sevimli doktorimiz Xage Geyngob vafot etganini chuqur qayg‘u va afsus bilan ma’lum qilamiz”, — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi prezident ofisi X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

The Namibian gazetasiga ko‘ra, prezident so‘nggi oylarda saraton kasalligi bilan kurashgan. 25 yanvar kuni u AQShga davolanish uchun borgan, biroq ikki kunlik davolanishdan so‘ng qaytib kelgan.

Xage Geyngob 2015 yil mart oyida Namibiya prezidenti bo‘lgan va 2019 yilda qayta saylangan. Shuningdek, u ikki marta — 1990 yildan 2002 yilgacha va 2012 yildan 2015 yilgacha mamlakat bosh vaziri bo‘lib ishlagan.




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта