17
Tojikistonlik murabbiy Rossiyani o‘z futbolchilariga boshqacha ko‘z bilan qarashga chaqirdi
Tojikiston futbol federasiyasi (FFT) vise-prezidenti Alisher O‘runov Rossiyada to‘p surayotgan tojikistonlik futbolchilarning xorijiy maqomini olib tashlash masalasi hamon hal etilmaganidan afsusda ekanini bildirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
FFT 2022 yilning noyabr oyidan buyon Rossiya futbol ittifoqi (RFU) va Rossiya sport vazirligi bilan tojikistonlik futbolchilardan xorijlik futbolchi maqomini olib tashlash masalasini muhokama qilmoqda. 2022/23 yilgi mavsumdan boshlab Rossiya Premer-ligasida har bir ariza uchun 13 nafargacha xorijlik o‘yinchilar ishtirok etishi mumkin. Bunda bir vaqtning o‘zida 8 nafardan ortiq o‘yinchi maydonga tusha olmaydi. Rossiya chempionatidagi xorijlik futbolchilarning maqomi Belarus, Armaniston va Qirg‘iziston futbolchilariga taalluqli emas.
O‘runov tojikistonlik sportchilar orasida ikki fuqarolikka ega bo‘lganlar ko‘pligini ta’kidladi. U Rossiya futbol jamoatchiligi «Tojikiston va Markaziy Osiyoga boshqa ko‘zlar bilan qaray boshlashiga» umid bildirdi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring