18
Prezidentning samolyotida to‘rt nafar bemor Turkiyaga davolanishga jo‘natildi
Qirg‘iziston prezidenti samolyotida to‘rt nafar bemor Turkiyaga davolanishga jo‘natildi. Bu haqda mamlakat hukumatining “Mediashtab” Telegram kanali xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 3 fevral kuni Bishkekdagi IESda jabrlangan ikki kishi, shuningdek, Bishkek yaqinida Mi-8 harbiy vertolyoti qulashi oqibatida jarohatlangan ikki nafar harbiy xizmatchi Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov topshirig‘iga ko‘ra davolanishni davom ettirish uchun Turkiyadagi ixtisoslashtirilgan klinikalardan biriga jo‘natildi.
Bemorlarga oila a’zolari va ikki nafar shifokor hamrohlik qiladi. Ularning barchasi prezidentning TU-154 samolyoti orqali Turkiyaga yuborildi.
“Jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha barcha chora-tadbirlar Qirg‘iziston prezidenti shaxsan nazoratida bo‘lib, bemorlar, ularning yaqinlari va tibbiyot xodimlarini Turkiyaga yetkazish uchun moliyaviy mablag‘ ajratildi”, — deyiladi xabarda.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring