23
Seulda Rossiya va Janubiy Koreya tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari uchrashdi
Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko Seulga tashrif buyurdi, deb xabar qildi Janubiy Koreya TIV.
Rudenko 2 fevral kuni janubiy koreyalik hamkasbi Chon Byon-von bilan muzokaralar o‘tkazdi. «Unda ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari va xalqaro vaziyat, jumladan, Ukrainadagi urush muhokama qilindi», — deyiladi xabarda. Seul Rossiya tomoniga «Rossiya Federasiyasi va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi harbiy hamkorlik» bo‘yicha o‘z pozisiyasini yetkazdi va uni «mas’uliyat bilan harakat qilishga» chaqirdi.
Tashrif doirasida Rudenko tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Kim Xon Gyun bilan ham uchrashdi va Janubiy Koreyaning KXDR bo‘yicha maxsus vakili Kim Gon bilan maslahatlashuvlar o‘tkazdi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring