+16° Kechasi +6°
Andijon (Bugun, 26 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 814.78 so'm (-14.29 so'mga)
123.50 so'm (-1.41 so'mga)
13 442.70 so'm (+97.9 so'mga)
04-02-2024, 21:49
18

Davlat xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq rejadan tashqari harbiy harakatlar sodir bo‘lishi mumkin

Polsha Qurolli Kuchlarining tezkor qo‘mondonligi yakshanba kuni Belarus, Rossiya va Ukraina bilan chegaradosh hududlarda “rejadan tashqari harbiy harakatlar” sodir bo‘lishi ehtimoli sababli uchuvchilar uchun navigasiya haqida ogohlantirish berdi.

"Davlat xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq rejadan tashqari harbiy harakatlar sodir bo‘lishi mumkin", — deyiladi tezkor qo‘mondonlikning rasmiy ijtimoiy tarmoqlardagi bayonotida.

Ushbu ogohlantirishga xarita ilova qilingan bo‘lib, unga ko‘ra u Polshaning sharqiy qismining Rossiya, Belarus va Ukraina bilan chegaradosh hududlariga, shuningdek, Boltiq dengizining Gdanskdan sharqda joylashgan bir qismiga tegishli.

Navigasiya ogohlantirishi 2024 yil 5 fevraldan 5 maygacha amal qiladi.




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта