+31° Kechasi +18°
Andijon (Bugun, 30 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 948.10 so'm (-9.04 so'mga)
156.93 so'm (+0.37 so'mga)
14 696.09 so'm (-6.38 so'mga)
04-02-2024, 21:39
42

Qozog‘istonda 11 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Qozog‘istonning Oqmo‘la viloyati Yekaterinburg-Olmaota trassasida 11 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Nur.kz xabar berdi.

Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa Yekaterinburg-Olmaota avtomobil yo‘lining 1318-kilometrida, Birsuat qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan.

Voqea joyiga yetib kelgan huquq-tartibot idoralari xodimlari Toyota Camry’ning 29 yoshli haydovchisi masofani saqlay olmagani va tezlikni belgilangan me’yordan oshirib, oldinda ketayotgan Volkswagen Polo bilan to‘qnashib ketganini aniqlagan

“Yo‘l-transport hodisasi oqibatida 11 ta avtomobil to‘qnashib ketdi. 5 nafar jabrlanuvchi turli tan jarohatlari bilan zudlikda shifoxonaga yetkazildi”, — deyiladi xabarda.




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта