17
Istanbuldagi cherkovga uyushtirilgan hujumga aloqador 17 kishi hibsga olindi
Istanbulda o‘tkazilgan operasiya davomida Sariyer tumanidagi Santa Mariya cherkoviga uyushtirilgan hujumga aloqador 17 kishi qo‘lga olindi, deb xabar beradi Anadolu.
Hujum natijasida bir kishi halok bo‘ldi.
Xavfsizlik manbalariga ko‘ra, Turkiya razvedka tashkiloti (MİT) Xavfsizlik Bosh boshqarmasi bilan birgalikda olib borilgan tergov jarayonida Santa Mariya cherkoviga hujum uyushtirgan shaxslar aniqlandi.
Istanbuldagi operasiya mamlakat hududida ehtimoliy hujumlarning oldini olish maqsadida o‘tkazildi.
Operasiya davomida 17 nafar gumondor qo‘lga olindi, manzillar tintuv qilinganda tashkilotga tegishli ko‘plab hujjatlar musodara qilindi.
Turkiya razvedka xizmatlari tomonidan olib borilgan ishlar tufayli 2023 yil dekabr oyida DAISh tomonidan Turkiyadagi sinagoga va cherkovlar hamda Iroq elchixonasiga qarshi rejalashtirilgan teraktlarning oldi olindi. Ko‘plab gumondorlar qo‘lga olindi va tashkilotga tegishli raqamli materiallar musodara qilindi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring