Shvesiyalik arxeologlar Stokgolm shimolidagi Molnbyu hududida joylashgan tepalikdan vikinglar davriga oid Markaziy Osiyo tangalari xazinasi topilganini tasdiqladi.
Olimlar topgan bu dalillar vikinglar davridagi skandinaviyaliklar va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi yaqin aloqalar mavjudligiga oid dalillarning birinchisi emas.
Topilgan xazina 163 tangadan iborat, ular kumushdan yasalgan. Aksariyati o‘rta asrlar jahon madaniyati chorrahasi va rivojlanishida katta hissa qo‘shgan shahar — Samarqandda zarb qilingan. Bu tangalar X asrning o‘rtalariga (milodiy 935-936 yillar) tegishli bo‘lib, Shvesiya bronza davri tarixiy tepaliklarida topilgan. Buning ajablanarli joyi yo‘q, chunki Vikinglar davrida bu yodgorliklar ko‘pincha qurbonliklar joyi sifatida xizmat qilgan.
Tangalarning 50 tasi butun, qolganlari esa quyma kumush sifatida ishlatish uchun ezib maydalangan. Ba’zilari bezak yasab kiyish uchun ip o‘tkazish teshiklari yoki ilmoqlar bilan o‘zgartirilgan. Tangalar zarb qilingan joyda belgilangan pul qiymatiga ega bo‘lgan, biroq u paytda Skandinaviyada pul tizimi bo‘lmagani sababli tangalar og‘ir metall yoki zargarlik buyumlari sifatida baholangan. Shvesiyada hozirgi kunga qadar 70 000 ga yaqin Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq bilan bog‘liq tangalar topilgan.
Bu bir vaqtlar Vikinglar dunyosi va Sharq o‘rtasida mavjud bo‘lgan keng qamrovli savdo yo‘llarini aks ettiradi. O‘sha davrlarda e’tibor asosan Volga daryosiga qaratilgan bo‘lib, janubga mo‘yna, teri va qullar “eksport” qilingan, shimolga esa kumush tangalar va ekzotik mahsulotlar qaytgan. Arxeologlar vikinglar “inson hayoti davomida ko‘milgan boylik unga keyingi hayotda foyda keltiradi” deb ishongan, deb aytilsa-da, xazinalar nega ko‘milganligi bo‘yicha boshqa taxminlar ham o‘rganilmoqda.
“Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring