2023 yil oxirida xorijliklarning Rossiyaga sayohatlari soni yiliga 18,6 foizga oshdi. O‘tgan yil davomida xorijliklar Rossiya chegarasini 15,4 million marta kesib o‘tgan, deb yozadi «RBK» FSB chegara xizmati statistik ma’lumotlariga tayanib.
Kirish bo‘yicha Qozog‘iston fuqarolari yetakchi bo‘ldi – u yerdan sayohatlar soni 26,7 foizga oshib, 2,4 million kishini tashkil etdi, O‘zbekiston (52 foizga) va Tojikistondan (36 foizga) sayyohlar oqimi ko‘paydi.
MDHga a’zo bo‘lmagan davlatlar orasida Mo‘g‘uliston yetakchi bo‘ldi, ulardan kirishlar soni 79 foizga oshib, 311,4 mingtaga yetdi. Xitoydan kelayotgan sayyohlar oqimi 6 baravar ortib, 794,3 ming kishini tashkil etdi.
Evropa fuqarolarining Rossiyaga sayohatlari soni 30,8 foizga oshib, 558,1 mingtani tashkil etdi. Rossiyaga tashriflarning aksariyati Estoniya va Germaniya fuqarolari tomonidan amalga oshirildi. Irlandiya, Xorvatiya, Daniya, Vengriya va Ruminiyadan tashrif buyuruvchilar oqimi kamaydi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring