+18° Kechasi +6°
Andijon (Bugun, 27 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 820.47 so'm (+5.69 so'mga)
122.26 so'm (-1.24 so'mga)
13 470.47 so'm (+27.77 so'mga)
03-02-2024, 23:48
24

Rossiya AQShning tungi zarbalari tufayli BMTga talab qo‘ydi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi AQShning Suriya va Iroqqa hujumlarini qoralab, bu masalani BMT Xavfsizlik Kengashida ko‘rib chiqishni talab qildi.

«Havo hujumlari mojaroni yanada kuchaytirish uchun mo‘ljallangan», — deya ta’kidlaydi Rossiya TIV vakili.

Qayd etilishicha, Qo‘shma Shtatlar Iroq va Suriyaga zarba berish orqali «mintaqadagi eng yirik davlatlarni mojaroga qo‘shish uchun maqsadli harakat qilmoqda».

3 fevralga o‘tar kechasi AQSh Suriya va Iroqdagi guruhlarga zarbalar berdi. 85 dan ortiq nishonga hujum qilindi va ular tomon 125 dan ortiq aniq boshqariladigan raketalar uchirildi.

Damashqda bir necha tinch aholi va harbiy xizmatchilar halok bo‘lgani va yaralangani, Bag‘dodda 16 kishi halok bo‘lib, yana 25 kishi yaralangani aytiladi.

Bu zarbalar 28 yanvar kuni Iordaniyadagi AQSh harbiy aviabazasiga uchuvchisiz uchoqlar tomonidan uyushtirilgan hujumga javob bo‘lgan. O‘shanda uch amerikalik harbiy halok bo‘lgan va kamida 34 kishi jarohatlangandi.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта