+14° Kechasi +6°
Andijon (Bugun, 26 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 829.07 so'm (-15.14 so'mga)
124.91 so'm (-2.44 so'mga)
13 344.80 so'm (-163.46 so'mga)
03-02-2024, 23:29
24

Efiopiyada hukumat kuchlari 50 dan ortiq aholini o‘ldirdi

Efiopiya shimolidagi Meravi shahrining (Amxara shtati) 50 dan ortiq aholisi shu hafta hukumat kuchlari tomonidan o‘ldirildi. Bu haqda mahalliy milisiyaga tayanib, “Reuters” axborot agentligi xabar berdi.

Shahar aholisining o‘ldirilishi federal qo‘shinlar va Amxara jangarilari o‘rtasidagi jangdan keyin sodir bo‘ldi.

Nima bo‘lganini rasmiy yoki mustaqil tasdiqlagani yo‘q. 2023 yilning yozida federal hokimiyat milisiyalarni qurolsizlantirishni talab qilganidan keyin shtatda qurolli to‘qnashuvlar boshlandi.

Bir kun avval Efiopiya parlamenti Amxara shtatidagi favqulodda holat rejimini to‘rt oyga uzaytirdi.




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта