24
Evropa Ittifoqi turkiy transport yo‘nalishiga 10 milliard yevro yuboradi
Bryussel Yevropa va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi O‘rta transport koridoriga 10 milliard yevro sarmoya kiritmoqchi. Bu haqda Yevrokomissiya raisi o‘rinbosari Valdis Dombrovskis ma’lum qildi.
???? «Bugungi kunda xalqaro hamkorlar Markaziy Osiyoda barqaror transport aloqasini rivojlantirish uchun 10 milliard yevro sarmoya kiritganini, shu jumladan Yevropa Komissiyasi va Yevropa investisiya banki (EIB) milliard yevrolik yangi majburiyatlarini ko‘rishdan mamnunman», dedi siyosatchi Global Gateway investor forumining ochilishida.
Global Gateway Pekinning «Bir kamar, bir yo‘l» loyihasiga Yevropaning javobi sifatida qaraladi.
Evropa Komissiyasining ta’kidlashicha, O‘rta yo‘lga sarmoya kiritishdan maqsad «Evropa va Osiyo o‘rtasida Rossiyadan o‘tmaydigan muqobil, ishonchli va samarali savdo yo‘llarini topish»dir.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring