24
Armaniston o‘z askarlarini NATO standartlariga muvofiq kiyintiradi
Armaniston NATO standartlariga muvofiq harbiy liboslarni joriy qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi rahbari Suren Papikyan ma’lum qildi, deb yozadi Factor.
Alyans standartlari bo‘yicha formalarni ishlab chiqish bo‘yicha tanlov 2022 yilda boshlangan. «Ma’lum darajada g‘oliblarimiz bor, ma’lum darajada xalqaro hamkorlarimiz bizga yordam berishda davom etmoqda», dedi Papikyan.
Uning yakuniy shakli 2024 yilda taqdim etiladi, deya qo‘shimcha qildi vazir. Hozircha gap faqat dala formalari haqida ketmoqda.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring