+14° Kechasi +5°
Andijon (Bugun, 26 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 829.07 so'm (-15.14 so'mga)
124.91 so'm (-2.44 so'mga)
13 344.80 so'm (-163.46 so'mga)
03-02-2024, 23:12
27

Finlyandiya Rossiya bilan chegarani ochishdan bosh tortdi

Finlyandiya bosh vaziri Petteri Orpo mamlakat yaqin kelajakda Rossiya bilan chegarada nazorat punktlarini ocholmasligini aytdi. Avvalroq Finlyandiya rasmiylari nazorat-o‘tkazish punktlari 11 fevralgacha yopilishini aytgan edi.

“Bizning tushunishimizcha, sharqiy chegara ortida Finlyandiyaga noqonuniy ravishda kelishni maqsad qilgan odamlar bor. Chegaralarning yopilishini bekor qila olmasligimiz aniq”, — dedi Petteri Orpo Yle TV telekanaliga bergan intervyusida.

Uning qo‘shimcha qilishicha, minglab odamlar Rossiyadan Finlyandiyaga kirishni xohlashadi. Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, rasmiylar chegara ochilgunga qadar noqonuniy migrasiyaga chek qo‘yish choralarini ishlab chiqishi kerak.

Finlyandiya hukumati 2023 yil noyabr oyi o‘rtalarida Rossiya bilan chegaradagi nazorat-o‘tkazish punktlari faoliyatini cheklashni boshladi va yil oxirigacha ularning barchasini yopib qo‘ydi. 11 yanvar kuni nazorat-o‘tkazish punktining yopilishi 11 fevralgacha uzaytirildi.

Finlyandiya hukumati bunday choralarni Rossiya hududidan kelayotgan noqonuniy migrantlarning ko‘pligi bilan izohladi.


Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта