24
Ukraina 2024 yilda bir million dona FPV dronlarini ishlab chiqarishni maqsad qilgan
Bu haqda The Wall Street Journal yozmoqda.
WSJ ma’lumotlariga ko‘ra, dronlarni ishlab chiqarish zavodlarini Rossiya hujumlaridan himoya qilish uchun jarayon yigirmatagacha ishchisi bo‘lgan kichik korxonalar o‘rtasida taqsimlanadi. Dronlarni ommaviy ishlab chiqarish xorijdan keltiriladigan o‘q-dorilar taqchilligi tufayli zarur chora hisoblanadi.
First Person View (FPV) dronlari virtual reallik ko‘zoynaklari yordamida boshqariladi. Texnologiya harbiylar orasida kamikadze dronlarini boshqarishda ham qo‘llaniladi.
Nashrning qayd etishicha, ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Ukraina kompaniyalaridan biri 9 kg gacha portlovchi moddalarni tashishga qodir hujumchi dronni ishlab chiqqan.
Hozirda Ukrainada 62 turdagi dron ishlab chiqarilmoqda. Dronlarning ko‘pchilik qismlari qismlari 3D printerlar yordamida Ukrainaning o‘zida ishlab tayyorlanadi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring