Niderlandiyaning Gaaga shahrida joylashgan Xalqaro sud Ukrainaning Rossiyaga qarshi da’vosini qabul qildi. Unda Rossiya rasmiylari Ukrainaga bostirib kirishni «rus xalqining genosidi» bilan oqlagani, aslida esa unday emasligi ta’kidlangan. Ukraina Rossiyani «genosid» atamasini atayin buzib talqin qilganlikda ayblamoqda.
Da’vo Rossiyaning 2022 yil fevralida Ukrainaga to‘liq miqyosda bostirib kirishidan bir necha kun o‘tib topshirilgan. Biroq, sud faqat ishning bir qismini ko‘rib chiqish vakolatiga ega degan xulosaga kelgan. Sudyalar Ukrainaning Rossiya bosqini 1948 yilgi genosid haqidagi konvensiyani buzgani haqidagi da’vosini rad etgan.
16 nafar sudyadan iborat hay’at Ukraina sharqidagi, hozir Rossiya tomonidan ishg‘ol qilingan Donesk va Lugansk viloyatlarida Ukraina rus millatiga qarshi genosid sodir etgani yoki yo‘qligi haqida qaror chiqarishi lozim.
Xalqaro sud qarorlari qat’iy va qonuniy kuchga ega bo‘lsa-da, ularning ijro etilishini ta’minlash imkoniyati yo‘q. Ba’zi davlatlar, masalan, Rossiya bu qarorlarni tan olmaydi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring