23
Turkmaniston Bishkek IESdagi avariya sabab Qirg‘izistonga suyultirilgan gaz jo‘natadi
Turkmaniston Qirg‘iziston Respublikasiga insonparvarlik yordami sifatida 2 ming tonna suyultirilgan gaz yuboradi, deb xabar bermoqda Alty Asyr telekanali.
“Turkmangaz” davlat konserniga yo‘llangan tegishli farmoyishni prezident Serdar Berdimuhamedov imzolagan.
Hujjat, turkman xalqi nomidan Qirg‘iziston Respublikasi energetika sohasidagi mavjud vaziyat munosabati bilan qirg‘iz xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish maqsadida imzolangan.
Eslatib o‘tamiz, 2 fevralga o‘tar kechasi Bishkekdagi (Qirg‘iziston) issiqlik elektr stansiyasida avariya yuz bergani, oqibatda isitish qozoni portlagani haqida xabar berilgandi. Jarohatlanganlar bor.
Qirg‘iziston poytaxtida issiqlik va issiq suv ta’minotida qiyinchiliklar yuzaga keldi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring