24
Argentinada hukumatga qarshi namoyishlar chog‘ida 60 kishi yaralandi
Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, prezident Xaver Mayli qabul qilmoqchi bo‘lgan «omnibus qonunlari» to‘plamiga qarshi norozilik bildirgan polisiya va namoyishchilar o‘rtasida to‘qnashuvlar Buenos-Ayresdagi Kongress binosi oldida sodir bo‘lgan. Polisiya namoyishchilarni tarqatish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va suv purkagichlardan foydalangan, natijada 60 kishi jarohatlangan.
Bundan tashqari, polisiya olti kishini, jumladan, ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan yaralangan OAV xodimlarini hibsga oldi.
Argentina poytaxtidagi norozilik aksiyasi turli kasaba uyushmalari, talabalar guruhlari va muxolifat vakillari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Vakillar palatasida hukumat «zarurat va shoshilinchlik to‘g‘risida»gi qaror deb ataydigan omnibus qonunchiligi bo‘yicha ovoz berish jarayoni davom etmoqda.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring