23
Bayden: AQShning baza hujumiga javobi istalgan vaqtda, istalgan joyda davom etadi
AQShning Suriya-Iordaniya chegarasidagi AQSh bazasiga hujumiga bugundan boshlab javob choralari boshlandi. Bu biz tanlagan istalgan vaqtda va joyda davom etadi. Bu haqda AQSh prezidenti Jo Bayden ma’lum qildi.
Baydenning eslatishicha, uch amerikalik askar halok bo‘lgan hujum Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan milisiya guruhlari tomonidan amalga oshirilgan.
«Bugun tushdan keyin, mening ko‘rsatmamga ko‘ra, AQSh armiyasi Suriya va Iroqdagi Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi va unga aloqador milisiya guruhlariga tegishli nishonlarga zarbalar berdi. Bizning javobimiz bugun boshlandi. Bu biz tanlagan istalgan vaqtda va joyda davom etadi», — deyiladi Amerika rahbari bayonotida.
Qo‘shma Shtatlar Yaqin Sharqda harbiy mojaroga intilmayapti, ammo amerikalik askarlarga hujum qilishga uringanlarga javob qaytaradi, dedi u.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring