+43° Kechasi +29°
Andijon (Bugun, 27 iyul)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 634.00 so'm (+8.96 so'mga)
148.62 so'm (+2.51 so'mga)
13 710.42 so'm (+23.61 so'mga)
03-02-2024, 13:17
20

Xitoy Ukrainaga ogohlantirish berdi — OAV

Xitoy kompaniyalari Ukraina tomonidan “urush homiylari” deb tan olinishi ikki tomonlama munosabatlarga putur yetkazishidan ogohlantirdi. Bu haqda ukrainalik manbalarga tayanib, Reuters xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, tegishli ogohlantirishni Xitoyning Ukrainadagi elchisi Fan Syan Rong yanvar oyida Ukraina hukumatining yuqori lavozimli amaldorlari bilan uchrashuvda aytgan.

“Elchi bularning barchasi o‘zaro munosabatlarimizga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ma’lum qildi”, — deydi manbalardan biri.

Hozirda Ukrainaning “terrorizmning xalqaro homiylari” ro‘yxatida turli mamlakatlardan 48 ta kompaniya bor, ulardan 14 tasi Xitoynikidir. O‘tgan yilning oktyabr oyida Kiyev bu ro‘yxatga bir qator xitoylik firmalarni, jumladan CNPC, Sinopec Group va CNOOC neft va gaz kompaniyalarini kiritgan edi.

Ta’kidlanishicha, Xitoy TIV ushbu kompaniyalarining “urush homiylari” ro‘yxatiga kiritilishiga qarshi va Ukrainadan “xatolarni zudlik bilan tuzatishni va salbiy oqibatlarni bartaraf etishni” talab qilmoqda.

Ismini oshkor etmagan manbaning qo‘shimcha qilishicha, Pekin Ukrainaga hech qanday shart qo‘ymagan, shunchaki ro‘yxat bo‘yicha o‘z fikrini bildirgan.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта