25
Chilidagi o‘rmon yong‘inlari oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi
Chili prezidenti Gabriel Borich kamida 10 kishining hayotiga zomin bo‘lgan o‘rmon yong‘inlari tufayli Valparaiso viloyatida favqulodda holat e’lon qildi.
Bu haqda Chili davlati rahbarining X ijtimoiy tarmog‘idagi nashrida aytiladi.
“O‘rmon yong‘inlari bilan bog‘liq vaziyat, ayniqsa, 5-hududda, yuqori harorat va shamol tufayli juda og‘ir, ammo shuni bilingki, hukumat, o‘t o‘chiruvchilar, Milliy o‘rmon xo‘jaligi korporasiyasi, polisiya va fuqarolik jamiyati favqulodda vaziyatni bartaraf etish uchun maksimal darajada safarbar etilgan. Barcha zarur resurslarga ega bo‘lishimiz uchun favqulodda holat e’lon qilishga ham qaror qildik”, deb yozdi u.
Prezidentning Valparaisodagi vakili Sofiya Gonsalesga ko‘ra, 10 ga yaqin o‘lim ma’lum. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, kamida 28 kishi kuygan. 7 ming gektardan ortiq maydon yong‘in ostida qolgan. Ayrim hududlar evakuasiya qilinmoqda.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring