23
50 milliard yevroning katta qismi byudjetni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi
Evropa Ittifoqi tomonidan ajratilishi ma’qullangan 50 milliard yevroning katta qismi byudjetni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi — Ukraina bosh vazir Denis Shmigal.
Shmigalning so‘zlariga ko‘ra, to‘rt yillik dastur doirasida Ukraina davlat byudjetini qo‘llab-quvvatlash uchun 39 milliard yevro ajratish rejalashtirilgan. 8 milliard yevro maxsus investisiya vositasi shaklida taqdim etilgan.
"Ukraine Facility dasturi nafaqat pulga, balki mamlakatimizni o‘zgartirishga ham qaratilgan. Bu bizni Yevropa Ittifoqiga a’zolikka yaqinlashtiradigan Yevropa tartib-qoidalarini amalga oshirish rejasidir", — deya fikr bildirdi Ukraina hukumati rahbari.
Bosh vazirning aytishicha, Yevropa yetakchilari Ukrainaga harbiy yordamni ham davom ettirish niyatini tasdiqlagan.
"Jumladan, mart oyida biz Yevropa tinchlik jamg‘armasi doirasida Ukraina uchun alohida moliyaviy vosita yaratilishiga umid qilmoqdamiz. Gap kelasi to‘rt yil uchun 20 milliard yevro miqdoridagi harbiy yordam haqida ketmoqda", — deya qo‘shimcha qildi bosh vazir.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring