25
Rossiya Armanistonning mudofaa va harbiy-texnik sohadagi asosiy hamkori bo‘la olmaydi
Rossiya Armanistonning mudofaa va harbiy-texnik sohadagi asosiy hamkori bo‘la olmaydi. Bu haqda Rossiya ommaviy axborot vositalari Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning mamlakat jamoat radiosiga bergan intervyusiga tayanib xabar berdi.
«Biz kim bilan harbiy-texnik va mudofaa munosabatlarini saqlab qolishimiz mumkinligini tushunishimiz kerak. Ilgari bu muammo oddiy edi, chunki bunday savol yo‘q edi va kontsepsiyani yaratishda hech qanday qiyinchilik yo‘q edi. Ilgari mudofaa sohasidagi munosabatlarimizning 95-97 foizi Rossiya Federasiyasi bilan bo‘lgan bo‘lsa, endi bu ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga ko‘ra bo‘lishi mumkin emas», — dedi hukumat rahbari.
Pashinyan, shuningdek, «Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (ODKB) eng hal qiluvchi daqiqada respublikani o‘z muammolari bilan yolg‘iz qoldirganini» ta’kidladi.
“KXSHT nafaqat Armaniston xavfsizligining o‘ziga tegishli qismini ta’minlay olmadi, balki eng hal qiluvchi daqiqada: «Mana, muammolaringni o‘zing hal et», dedi. Biz shunday sharoitda yashashimiz va imkon qadar o‘z xavfsizligimizni mustaqil ta’minlashimiz kerak”, — dedi hukumat rahbari.
Armaniston hukumati rahbari, shuningdek, Armanistonning 1990 yildan buyon mustaqilligini e’lon qilgani, unda Ozarbayjonning Qorabog‘ mintaqasi tilga olingani mintaqada tinchlik o‘rnatishga to‘sqinlik qilayotganini ta’kidladi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring