+14° Kechasi +5°
Andijon (Bugun, 26 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 829.07 so'm (-15.14 so'mga)
124.91 so'm (-2.44 so'mga)
13 344.80 so'm (-163.46 so'mga)
02-02-2024, 21:15
26

Rossiya AQShning Falastin va Isroilga nisbatan siyosatini «qonli ikkiyuzlamachilik» deb atadi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova Vashingtonni isroilliklar va falastinliklarga nisbatan siyosati uchun ikkiyuzlamachilikda aybladi.

«Birinchidan, AQSh prezidenti isroilliklarni Falastin yerlarini o‘zlashtirishga undagan Isroilning turar-joy faoliyatini tan oladi, keyin esa AQSh prezidenti Amerika ma’muriyatiga yahudiy ko‘chmanchilarga qarshi sanksiyalar qo‘llashga ruxsat beruvchi farmonni qabul qiladi», — deb yozadi rossiyalik diplomat o‘zining Telegram-kanalida.

Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, “bu doimiy manipulyasiya millatchilik va ksenofobiyaning ko‘rinishi bo‘lib, Amerika davlati siyosiy manfaatlarga qarab va navbatdagi «Oq uy kelishuvi» uchun falastinliklar va isroilliklar, yahudiylar va musulmonlarning his-tuyg‘ulari ustida o‘ynamoqda.

Rossiyalik diplomat bu yondashuvni «Vashingtonning qonli ikkiyuzlamachiligi» deb atadi.

Avvalroq Oq uy AQSh prezidenti Jo Bayden bosib olingan G‘arbiy Sohilda zo‘ravonlik harakatlarida ishtirok etgan noqonuniy yahudiy ko‘chmanchilarga qarshi sanksiyalar joriy etish haqidagi farmonni imzolagani haqida xabar bergan edi.


Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта