26
AQSh Hindistonga uchuvchisiz samolyotlar yetkazib berishga ruxsat berdi
AQSh Hindistonga to‘rt milliard dollarlik dronlarni yetkazib berish bo‘yicha kelishuvni tasdiqladi. Bu ikki davlat o‘rtasidagi harbiy-texnik hamkorlikdagi muhim bosqich bo‘ldi, deb yozadi South China Morning Post.
AQSh Hindistonga boshqa narsalar qatorida31 MQ-9B Sky Guardians yetkazib beradi. Shartnoma shuningdek, ilg‘or aloqa va razvedka uskunalari, dronlar olib yuradigan 170 dona Hellfire raketalari va 310 ta lazerli boshqariladigan bombalarni o‘z ichiga oladi.
Yaqinda Hindiston tashqi qurol-yarog‘ yetkazib berishni diversifikasiya qilishga va Rossiya qurollariga deyarli to‘liq qaramlikdan chiqishga jiddiy yondashayotgani ma’lum bo‘ldi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring