24
Kolumbiya prezidenti Falastin bayrog‘ini ko‘rsatayotgan talabalarni qo‘llab-quvvatladi
Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro bir guruh talabalar Falastin bayrog‘ini ochib, universitet konferensiya zalidan olib chiqilishini tanqid qildi.
Davlat rahbari X ijtimoiy tarmog‘idagi postida Falastin bayrog‘ini ushlab turgan talabalar tasvirini e’lon qildi va «erkinlik»ga urg‘u berdi.
«Bizning Falastin davlati bilan diplomatik aloqalarimiz bor va uning (Falastin) bayrog‘i, biz bilan diplomatik aloqada bo‘lgan barcha davlatlarning bayroqlari hurmat qilinishi kerak. Kolumbiya erkinlik va huquqlar mamlakatidir. Davlat universitetida senzuraga o‘rin yo‘q. Madaniyat va erkinlik sinonimdir», deb yozadi Petro.
Kadrlarda bir guruh talabalar Kolumbiya Milliy universiteti konferensiya zalida bo‘lib o‘tgan simfonik orkestr konsertida katta Falastin bayrog‘ini ochayotganini ko‘rish mumkin. Talabalar Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi shiorlar aytishi ortidan xavfsizlik xodimlari aralashdi.
Kolumbiya prezidenti 20-oktabr kuni Ramallohda elchixona ochish niyatida ekanligini ma’lum qildi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring