Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an AQShga ketishi mumkin. Bu haqda Turkiyaning «Hurriyet» nashri yozdi, deb yozadi «Report» .
AQSh prezidenti Jozef Bayden hamkasbini Vashingtonga taklif qilishi mumkinligi xabar qilingandi.
Qayd etilishicha, Turkiya Finlyandiya va Shvesiyaning NATOga a’zoligini tasdiqlaganidan so‘ng Anqara va Vashington o‘rtasidagi taranglik pasaygan: «Agar AQSh F-16 samolyotlari borasida oldinga qadam tashlasa, yangi vaziyat yuzaga keladi».
Nashrning yozishicha, yetakchilar Yaqin Sharqdagi vaziyat, NATOni kengaytirish, shuningdek, Turkiyaga F-16 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish masalalarini muhokama qilishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, R.T.Erdog‘an 25 yanvar kuni Shvesiyaning Alyansga a’zoligini rasman tasdiqlagan edi. Shundan so‘ng Oq uy Turkiyaga qiruvchi samolyotlar yetkazib berish bo‘yicha Kongressga so‘rov yubordi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring