Joriy yil 2 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati delegasiyasi Yevroosiyo hukumatlararo kengashi va raqamli forumda ishtirok etish uchun Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahriga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamda Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Alixan Smailov raisligida ikki mamlakat hukumatlari delegasiyalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik hamda o‘zaro hurmat ruhida jadal rivojlanayotgani, Davlatlarimiz Rahbarlari ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab bergani ta’kidlandi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida barcha sohada ijobiy o‘sish dinamikasi kuzatilmoqda.
Xususan, o‘tgan 7 yilda tovar ayirboshlash hajmi 2 barobardan ziyod oshdi.
Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida muhim qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring